19 Iyun 2021 1607

“Olimpik” peshqadamga aylandi

Bugun Pro-liganing 12-tur bahslariga start berildi. Dastlabki uchrashuvlaridan birida “Olimpik” “Buxoro” mehmoni bo‘ldi.

Superliga yo‘lida raqobat olib borayotgan jamoalarning to‘qnashuvi murosasiz kechdi. Uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi. 60-daqiqada Alisher Odilovning yo‘llagan zarbasini raqib posboni qaytara olmadi va bu gol uchrashuv yakunigacha yagonaligini saqlab qoldi.

“Pro-liga”, 12-tur
“Buxoro” – “Olimpik” 0:1
Gol: Alisher Odilov 60‘ – 0:1

Text to speech