10 Iyul 2024 639

Parij-2024: Adham Ikramov tibbiyot yoʻnalishidagi tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga har jabhada katta tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Bugun Sport vaziri Adham Ikramov terma jamoalarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot sohasi vakillari bilan boʻlajak Olimpiadaga tayyorgarlik yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov ham ishtirok etishdi.

Yigʻilishda Olimpiya oʻyinlari mobaynida sportchilarning munosib ishtirok etishlari, tiklanishi va tibbiy taʼminotini kuchaytirish masalalari batafsil koʻrib chiqildi. Rasmiylar har bir sport turidagi atletlar uchun tibbiyot sohasi vakillari biriktirilishi, barcha jamoalarimiz eʼtibordan chetda qolmasligini gapirib oʻtishdi.

Shuningdek, suhbat davomida Olimpiya shaharchasida Oʻzbekiston delegatsiyasiga ajratiladigan binoda tibbiyot boʻlimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va unga malakali mutaxassislarni jalb qilish, terma jamoalarni musobaqa davomida zarur boʻladigan tibbiy vositalar bilan taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Text to speech