10 Iyul 2024 841

Parij-2024 litsenziatlari: Suzuvchimiz Anastasiya Zelinskaya

Har bir yosh oʻgʻil-qiz sportga ilk qadamlarini tashlar ekan, jahon chempionati va Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishdek katta marrani oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Suzuvchimiz Anastasiya Zelinskaya ana shunday orzuga yetishgan sportchilarimizdan biri hisoblanadi.

Zelinskaya Anastasiya Yuryevna 2004-yil 21-aprel kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan. 2016-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Saida Iskandarova. Faoliyati davomida koʻp karra Oʻzbekiston chempionligiga erishgan. Ushbu sportchimiz erkin usulda suzish yoʻnalishiga ixtisoslashgan. 2023-yil Yaponiyaning Fukuoka shahrida oʻtgan suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionatida 5 va 10 km masofalarga ochiq havzada suzish bahslarida ishtirok etgan.

Zelinskaya Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi (World Aquatics) tomonidan taqdim etilgan taklifnomaga koʻra, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida 400 metrga erkin usulda suzish dasturida qatnashadi.

Text to speech