10 Iyul 2024 455

Anvar Anvarov Budapeshtdagi nufuzli turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi

Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika boʻyicha “Gyulai István Memorial” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining oltin darajasiga kiruvchi mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov ham ishtirok etib, bronza medaliga sazovor boʻldi.

Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz kuchli raqobat ostida kechgan bahslarda 8.02 metr natija koʻrsatdi. Oltin medal Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni gretsiyalik Miltiadis Tentogluga nasib etgan boʻlsa, italiyalik Mattia Furlani kumush medalga egalik qildi.

1. Miltiadis Tentoglu (Gretsiya)  – 8.23 metr
2. Mattia Furlani (Italiya)  – 8.08
3. Anvar Anvarov (Oʻzbekiston)  – 8.02

Text to speech