9 Iyul 2024 548

Qilichbozlarimiz “Yangiobod” sport bazasida shug‘ullanishmoqda

Ayni kunlarda qilichbozlik boʻyicha turli yoshdagi Oʻzbekiston terma jamoalari oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib bormoqda. Toshkent viloyatidagi “Yangiobod” sport bazasida tashkil etilayotgan mashgʻulotlar 14-iyulga qadar davom etadi.

Yigʻin yoshlarimiz uchun oldinda turgan yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Zaynab Dayibekova esa shu yerning oʻzida alohida dastur asosida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga hozirlik koʻrmoqda.

Text to speech