9 Iyul 2024
715
Og‘ir atletikachilarimiz Olimpiada oldidan Turkiya yig‘iniga jo‘nab ketishdi
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib borish uchun xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga joʻnab ketdi. Terma jamoamizning ushbu yigʻini Turkiyaning Antalya shahrida oʻtadi.
Rejaga koʻra, yigʻin 5-avgustga qadar davom etadi. Shundan soʻng sportchilarimiz Antalyadan toʻgʻri Parijga yoʻl olishadi. Turkiya yigʻiniga 6 nafar sportchi jalb qilingan.
Eslatib oʻtamiz, ogʻir atletikachilarimizdan Akbar Joʻrayev, Rigina Adashbayeva va Tursunoy Jabborova Parij-2024 yoʻllanmalariga ega chiqishgan edi. Mazkur sport turidagi bahslar 7-11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.