19 Iyun 2021 2135

Kamonchilarimiz Tokio-2020 litsenziyalari uchun kurashni boshlashdi

Bugun Fransiyaning Parij shahrida kamondan otish bo‘yicha jahon miqyosida Tokio-2020 litsenzion musobaqasi start oldi. Mazkur turnirda terma jamoamiz vakillari ham Olimpiada yo‘llanmalari uchun bahs olib borishmoqda.

Reglamentga ko‘ra, bugun jamoaviy yo‘nalishda saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Ertaga jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindor aniqlab olinsa, merganlar yakkalik dasturda saralanishadi. 21 iyun kuni esa yakkalik yo‘nalishida Tokio-2020 ishtirokchilari maʼlum bo‘ladi. Musobaqada terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:

Erkaklar:
Zokirjon G‘ofurov
Mirjalol Qarorov
Shohjahon Abdulhamidov

Ayollar:
Munira Nurmanova
Kamola Yunusova
Ziyodaxon Abdusattorova

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi kamonchilarimizga litsenzion turnirda omad va zafarlar tilab qoladi.

Text to speech