8 Iyul 2024
830
Yengil atletikachimiz delegatsiyamiz hisobiga yana toʻrtta litsenziya taqdim qilishdi
Butunjahon yengil atletika federatsiyasi Parij-2024 litsenzion sikli yakunlangani va reyting orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yoʻl olgan sportchilar nomini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar aʼzosi Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash), Yekaterina Voronina (koʻpkurash), Safina Sadullayeva (balandlikka sakrash) va Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash) reyting orqali Parij-2024 ishtirokchilari qatoridan joy olishdi.
Shu tariqa, yengil atletikachilarimizning boʻlajak Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari 5 tani tashkil qilmoqda. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili marafonchimiz Shohruh Davlatov Olimpiada normativini bajarish orqali litsenziya sohibiga aylangan edi.