8 Iyul 2024 647

Kamonchilarimiz ham Parij shahriga yo‘l olishdi

Oʻz tarixida ilk bor Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham Parij shahriga yoʻl oldi. Merganlarimiz Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov 20-iyul sanasiga qadar Fransiya poytaxtida tayyorgarlikni soʻnggi bosqichini olib borishadi.

Eslatib oʻtamiz, hamyurtlarimiz boʻlajak bahslarda yakkalik va mikst dasturida ishtirok etishadi. Mazkur sport turidagi bellashuvlar 25-iyul – 4-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Text to speech