8 Iyul 2024 656

Dzyudochilarimiz Bo’stonliqda so’nggi tayyorgarlikni olib borishmoqda

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga hozirlanayotgan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ayni paytda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Mashgʻulotlarda 30 nafar asosiy va zaxira tarkib sportchilari ishtirok etyapti.

Yaponiya yigʻinini tugatgan ayollar terma jamoasining 6 nafar aʼzosi poytaxtimizga yetib kelishdi. Rejaga koʻra, ular mamlakat dzyudo federatsiyasining bazasida tayyorgarlikni davom ettirishadi. Terma jamoa 14-iyul kuni Fransiyaga yoʻl oladi.

Eslatib oʻtamiz, boʻlajak Olimpiya oʻyinlarida dzyudo bahslari 27-iyul – 3-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur Olimpiya oʻyinlarida oʻz tarixida ilk bor 13 ta litsenziyaga ega boʻlgan.

Text to speech