8 Iyul 2024 542

Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov 30 yoshda!

Bugun boks boʻyicha ikki karra jahon chempioni, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi, uch karra Osiyo chempioni, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” hamda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Bahodir Jalolov tavallud ayyomini nishonlamoqda. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bokschimizni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham chempionlik shohsupasiga koʻtarilishini tilab qoladi.

Text to speech