7 Iyul 2024
730
Bokschilarimiz Olimpiada oldidan katta tarkibda Fransiya yig‘iniga jo‘nab ketishdi
Bugun boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahriga yoʻl oldi. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan jamoamiz 20-iyul sanasiga qadar xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etadi.
Mazkur yigʻinda Olimpiadada qatnashadigan 10 dan ortiq davlat vakillari jam bo'lishi kutilmoqda. Mashgʻulotlar davomida 7 nafar litsenziat yigitimizga 2 nafardan sparring sheriklar biriktirilgan. Fransiya safariga jami 21 nafar sportchi, 11 nafar murabbiy va 2 nafar tibbiyot xodimlari jalb etilgan.