7 Iyul 2024 661

Velosportchilarimiz nufuzli turnirdagi ishtiroklarini boshlashadi

Bugun Italiya yoʻllari boʻylab ayollar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Giro dʻItalia” koʻpkunlik velopoygasi start oladi. Maʼlum qilganimizdek, unda yurtimizning “Tashkent City Womens Professional Cycling Team” jamoasi ilk bor bunday nufuzli turnirda debyut qiladi.

Yana bir ahamiyatli tomoni, “Tashkent City Womens Professional Cycling Team” mazkur musobaqada qitʼamiz nomidan ishtirok etadigan yagona jamoa boʻladi. 14-iyulga qadar davom etadigan bellashuvlarda Anna Kuskova, Margarita Misyurina, Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Nafosat Koziyeva, Madina Qahhorova hamda Mohinabonu Elmurodova qatnashishadi. Mazkur start Parij-2024 litsenziatlari Yanina Kuskova hamda Olga Zabelinskaya uchun Olimpiada oldidan soʻnggi musobaqa boʻladi.

Dasturga koʻra, bugun poygachilar Breshia shahrida birinchi bosqich bahslarini oʻtkazishadi. Individual vaqt poygasi yoʻnalishida kechadigan bellashuvda sportchilar 15,7 km masofani bosib oʻtishadi. Boʻlajak turnirda hamyurtlarimizga omad tilaymiz!

Text to speech