5 Iyul 2024 533

Erkaklar oʻrtasidagi veloshosse dasturida ishtirok etadigan sportchimiz nomi e’lon qilindi

Maʼlumki, velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga 4 ta yoʻllanmaga ega chiqqan edi. Shosse dasturida qoʻlga kiritilgan mazkur litsenziyalardan 3 tasi ayollar, 1 tasi erkaklar terma jamoasi ulushiga to’g’ri kelgan boʻlib, terma jamoa murabbiylar shtabi musobaqada ishtirok etadigan ayol sportchilar nomini ancha avval eʼlon qilgan edi. Mamlakat velosiped sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, erkaklar terma jamoasi uchun taqdim etilgan yoʻllanma Dmitriy Bocharovga nasib etdi. Hamyurtimiz boʻlajak musobaqada guruh poygasi dasturida ishtirok etadi.

Text to speech