5 Iyul 2024 316

Futbolchilarimiz Dukentda yig‘in o‘tkazishmoqda

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi 4-yillikning eng nufuzli musobaqasi oldidan yurtimizdagi soʻnggi yigʻinni boshladi. Dukentda oʻtayotgan mashgʻulotlarda legionerlardan Eldor Shomurodov va Oston Oʻrunov terma jamoa tarkibida shugʻullanishmoqda.

Rejaga koʻra, mazkur yigʻin 11-iyulga qadar davom etadi. Shundan soʻng jamoa tayyorgarlikning yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun Fransiyaga yoʻl oladi.

Text to speech