19 Iyun 2021 3312

O'zbek va jahon sportining afsonasi Oksana Chusovitina 46 yoshga to'ldi!

Bugun o'zbek va jahon sportining afsonaviy sportchisi Oksana Chusovitina o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Chusovitina Oksana Aleksandrovna 1975-yil 19-iyunda Buxoroda tug'ilgan. 7 ta yozgi olimpiadalarda ishtirok etgan gimnastika tarixidagi yagona ayol (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016). 1992-yil Olimpiya o'yinlari chempioni (Barselona), 2008-yil Olimpiada o'yinlari kumush medali sovrindori (Pekin), uch karra jahon chempioni.

Sport gimnastikasining bir nechta murakkab elementlari, tayanch o'tish, erkin mashqlar va parallel chiziqlar muallifi. Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionati sovrindori. U yetti yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishga muvaffaq bo'lgan gimnastika tarixidagi yagona ayol va sport gimnastikasining xalqaro "Shon-Shuhrat zali" ga kiritilgan birinchi sportchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

2019-yilning oktyabr oyida u Germaniyaning Shtuttgard shahrida bo'lib o'tgan jahon gimnastika chempionatida ishtirok etib, Tokiodagi Olimpiya o'yinlari uchun litsenziya oldi. Tokio Olimpiadasi Oksana Chusovitina uchun sakkizinchisi bo'ladi. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi, "Do'stlik", "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati"ordenlari bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Oksana CHusovitinani tug'ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etadi, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va farovonlik tilaydi.

Text to speech