4 Iyul 2024 1470

Parij-2024 litsenziatlari: Ikki karra jahon chempionati sovrindori Alisher Yusupov

Soʻnggi ikki dunyo birinchiligida eng ogʻir vazn toifasida ketma-ket shohsupaga koʻtarilib kelayotgan Alisher Yusupov oʻzbek dzyudosining yulduzlaridan biri Abdullo Tangriyevga munosib voris boʻlib yetishib chiqayotganini koʻrsatdi. Bugun Teddi Riner kabi afsonalar bilan bir darajada kurashayotgan Xorazm oʻgʻloni eʼtiborimiz markazida boʻladi.

Yusupov Alisher Xalimboyevich 1998-yilning 27-noyabr kuni Xorazm viloyati Urganch tumanida tavallud topgan. 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Jamshid Xudoyberganov. Yusupov Gran-pri turnirlarining 1 ta bronza, qitʼa chempionatlarining 1 ta kumush va 2 ta bronza, “Katta dubulgʻa” musobaqalarining 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining 1 ta kumush va 1 ta bronza, Masters turnirining 1 ta bronza, jahon chempionatlarining esa 2 karra bronza medali sohibi hisoblanadi. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

Yusupov Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga koʻra +100 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech