4 Iyul 2024
602
Litsenziat kamonchilarimiz Toshkentda yig‘in o‘tkazishmoqda
Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Mashgʻulotlarga Parij-2024 litsenziatlari Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqovdan tashqari terma jamoaning boshqa aʼzolari ham jalb qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston delegatsiyasi mazkur sport turida Olimpiya oʻyinlarida debyut qiladi va ilk ishtirokining oʻzida 3 ta litsenziyaga sazovor boʻlgan. Parij-2024 doirasida kamondan otish bahslari 25-iyul – 4-avgust kunlari oʻtkaziladi.