3 Iyul 2024 516

Velosportchi qizlarimiz nufuzli “Giro d‘Italia“ turnirida qatnashishadi

7-14-iyul kunlari Italiya yoʻllarida jahon velosport olamidagi nufuzli turnirlardan biri ayollar oʻrtasidagi “Giro dʻItalia“ koʻpkunlik musobaqasi boʻlib oʻtadi. Ahamiyatlisi, mazkur turnirda ”Tashkent City Womens Professional Cycling Team" jamoasi ham ishtirok etadi.

Sportchilar 8 bosqichdan iborat musobaqa davomida jami 758,6 km masofani bosib oʻtishi koʻzda tutilgan. Bellashuvlarda ishtirok etish uchun dunyoning eng kuchli 22 jamoasi roʻyxatdan oʻtgan. “Tashkent City Womens Professional Cycling Team” boʻlajak bahslarda quyidagi tarkibda qatnashadi:

Olga Zabelinskaya
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Nafosat Koziyeva
Madina Qahhorova
Anna Kuskova
Mohinabonu Elmurodova

Qayd etish joiz, mazkur start Zabelinskaya hamda Kuskova uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan oʻz holatlarini koʻzdan kechirish imkoniyatini taqdim qiladi.

Text to speech