3 Iyul 2024 1046

7SABER Olimpiyachilarimiz uchun ekipirovkalar taqdimotini o‘tkazdi

Oʻzbekiston Olimpiya oilasining yaqin hamkori 7SABER brendi Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun Oʻzbekiston delegatsiyasining rasmiy sport ekipirovkalarini taqdim qildi. Barcha kiyimlar oʻziga xos dizayn va ranglar uygʻunlashuvi asosida sportchilar uchun eng qulay hisoblangan DRI FIT texnologiyasida sifatli matolardan tayyorlangan. Toʻplamdagi kiyimlarning har bir elementi maʼlum maʼnoni anglatadi. Koʻrkam liboslar boʻlajak Olimpiadada muzaffar atletlarimizning quvonchli kunlarida hamroh boʻladi.

Text to speech