19 Iyun 2021 1469

Chavandozlarimiz Moskvada muvaffaqiyat qozonishdi

Moskva shahridagi “Otrada” ot sporti klubida konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik chavandozlar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Musobaqaning birinchi kunida CSI2-W dasturi vakillarimiz uchun omadli o‘tdi. Unda ishtirok etgan Nurjan Tuyakbayev oltin, Aʼzam Tolibboyev esa kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni ham hamyurtlarimiz band etishdi. Shu kuni CSI1 yo‘nalishida o‘z omadini sinab ko‘rgan Xurshidbek Alimjonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi kun dasturida Xalqaro toifadagi sport ustasi Xurshidbek Alimjonov CSI 1-125 dasturida oltin medalni naqd qildi. Nurjan Tuyakbayev esa CSI2-W 145 dasturida shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Text to speech