3 Iyul 2024 706

Parij-2024 litsenziatlari: Jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev

Jahon dzyudosida shunday sportchilar borki, ularning takrorlanmas harakatlari va usullari barcha raqiblarga bosh og‘riq bo‘lib keladi. Ana shunday o‘ziga xos usuli bilan tatamiga chiqib keladigan Muzaffarbek To‘raboyevning harakatlariga raqiblari moslashgunga qadar ko‘zlari arena shiftlariga qadalgan bo‘ladi.

To‘raboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li 2000-yil 5-aprel kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida dunyoga kelgan. 2017-yildan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Ulug‘bek Azizov. To‘raboyev qitʼa chempionatlarida 2 ta oltin va 2 ta bronza, “Katta dubulg‘a” turnirlarida 1 ta oltin va 3 ta bronza, Osiyo o‘yinlari, Masters hamda jahon chempionatlarida 1 tadan oltin medallarga sazovor bo‘lgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi.

To‘raboyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga ko‘ra -100 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Text to speech