Sogʻlom turmush tarzi targʻibotchilariga bayram sovgʻalari ulashildi
Yurtimizda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni, 2-iyul sanasi esa Xalqaro sport jurnalistlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sanalar munosabati bilan sohada faoliyat olib borayotgan, mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda faol boʻlgan bir guruh ijodkorlarga bayram sovgʻalari taqdim etildi.
Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida tashkil etilgan tadbirda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Adham Ikramov boshchiligidagi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya hamda Paralimpiya qoʻmitalarining rahbariyati sohada qalam tebratayotgan jurnalistlarni qutlashdi.
Tadbir avvalida soʻz olgan Adham Ilhamovich mamlakatimizda Prezidentimiz ilgari surayotgan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, atletlarimiz xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlarni xalqimizga tezkor va ishonchli tarzda yetkazib berishda sport jurnalistlarining oʻrni katta ekani haqida alohida toʻxtaldi.
Shundan soʻng soha vakillariga Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasining esdalik sovgʻalari ulashildi. Oʻz oʻrnida, OAV xodimlari koʻrsatilgan eʼtibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.