2 Iyul 2024 238

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari maʼlum

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi bayroqdorlari maʼlum qilindi. Mazkur yuksak sharaf boks boʻyicha jahon chempioni Abdumalik Xalokov hamda qilichbozlik boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining oltin va bronza medallari sohibi Zaynab Dayibekovaga nasib etdi.

Text to speech