1 Iyul 2024 502

Chavandozlarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Horseka Derby” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Shohsupaga ko‘tarilgan chavandozlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
Xurshidbek Alimjonov (“Champions league” laqabli otda, 140 sm)
Boburjon Valijonov (“Samira”, 110 sm)

 Kumush medal:
Boburjon Valijonov (“Samira”, 105 sm)
Oqil Sobirjonov (“Los Angeles Z”, 130 sm)

 Bronza medal:
Xurshidbek Alimjonov (“Leyman”, 130 sm)
Oqil Sobirjonov (“Los Angeles Z”, 140 sm)
Xurshidbek Alimjonov (“Champions league”, 150 sm)

Text to speech