1 Iyul 2024 489

Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi

Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida erkin kurash ustalari oʻrtasida bahs kechdi. Unda yurtdoshlarimiz 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Batafsil:

 Kumush medal:
-61 kg: Behruzbey Turanmuratov
-125 kg: Namoz Abdurashidov

 Bronza medal:
-65 kg: Muhammadqodir Qoʻldoshev
-74 kg: Zafarbek Otaxonov

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Text to speech