1 Iyul 2024 226

Veloshosse boʻyicha mamlakat chempionatida kuchlilar aniqlandi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning kattalar o‘rtasidagi bahslari har qachongidan ham shiddatli va murosasiz kurashlarga boy o‘tdi. Yakunda asosiy yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Individual vaqt poygasi, erkaklar (30 km):
1. Nikita Svetkov
2. Dmitriy Bocharov
3. Farruh Bobosherov

Ayollar (20 km):
1. Margarita Misyurina
2. Samira Ismoilova
3. Yekaterina Knebeleva

Mikst estafeta (42 km):
1. Toshkent shahri 2
2. Toshkent shahri 1
3. Samarqand

Guruh poygasi, erkaklar (177 km):
1. Dmitriy Bocharov
2. Sanjarbek Ergashev
3. Nikita Svetkov

Ayollar (133 km):
1. Yanina Kuskova
2. Madina Qahhorova
3. Shahnoza Abdullayeva

Text to speech