MOQ raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilovni tabriklaymiz!
Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Azizjon Yakubjanovich Kamilov 1984 yil 19 iyun kuni tug‘ilgan. Hozirda MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining raisi lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.
Azizjon Yakubjanovich mamlakat dzyudo federatsiyasi boshqaruvida katta islohotlarni amalga oshira oldi. 2019 yil dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisining “Humo arena” muz saroyida o‘tishi, O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor 2022 yilgi kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi, terma jamoamiz boshqaruvida jahon dzyudosining afsonaviy vakili, Afina- 2004 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ilias Iliadis kabi murabbiyning ish boshlashi, bunga javoban dzyudochilarimizning jahon arenalaridagi ulkan g‘alabalarida ushbu insonning xizmatlari katta. Qayd etish joiz, Azizjon Kamilov rahbarligida ilk bor mamlakatimiz “Katta dubulg‘a” turnirini qabul qildi, Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalarimiz soni bo‘yicha rekordni yangiladik.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Azizjon Kamilovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.