30 Iyun 2024 515

Svetlana Oqnazarova ham Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarildi

Iordaniyada oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida yana bir kun ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Oqnazarova -72 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ushbu vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirokchilar kam boʻlgani bois bahslar aylana tizimida tashkil qilindi. Unda hamyurtimiz 1 gʻalaba va 2 magʻlubiyat qayd etdi. Yakunda qirgʻizistonlik Gunara Tashtanbekova oltin, hindistonlik Amruta Pujari kumush, Svetlana Oqnazarova esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Text to speech