30 Iyun 2024 500

Malik Babayev va Andrey Abduvaliyevni tabriklaymiz!

Bugun O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasining sobiq raisi, hozirda mamlakat boks federatsiyasi raisining maslahatchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Malik Babayev, shuningdek, yengil atletika bo’yicha Barselona-1992 yozgi Olimpiya o’yinlari g’olibi, ikki karra jahon chempioni, mamlakat yengil atletika federatsiyasi raisining o’rinbosari, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi Andrey Abduvaliyev tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda. O’zbekiston MOQ har ikki mutaxassisni bugungi ayyom bilan qutlab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech