Yengil atletikachilarimiz “BYD silk road to Paris” turnirida birinchi bo’lishdi
Toshkentda yengil atletika bo’yicha “BYD Silk road to Paris” xalqaro musobaqasi yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 8 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo’lishdi.
Oltin medal:
Nargiza Qo‘chqorova (nayza uloqtirish)
Dilshoda Usmonova (3000 metr, stipl-chez)
Elina Silyamiyeva (nayza uloqtirish)
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Kumush medal:
Mahliyo Tojaliyeva (nayza uloqtirish)
Sabohat Samijonova (3000 metr)
Zarina Nosirjonova (nayza uloqtirish)
Aleksandra Sharkayeva (balandlikka sakrash)
Nodir Mutalipov (5000 metr)
Lidiya Podsepkina (100 metr, to’siqlar osha)
Ergash Normurodov (110 metr, to’siqlar osha)
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
Bronza medal:
O‘g‘iloy Norboyeva (nayza uloqtirish)
Mashhura Soibova (3000 metr, stipl-chez)
Safina Sadullayeva (balandlikka sakrash)
Shu tariqa, turnir yakunida 7 ta oltin, 11 ta kumush va 8 ta bronza medallarini jamg’argan O’zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o’rinni qo’lga kiritdi.