29 Iyun 2024 537

“BYD Yangi Nafas” g’oliblari aniq

O’zbekiston yengil atletika federatsiyasida Xalqaro Olimpiya kuni, Bolalarni himoya qilish kuni va Yoshlar kuniga bagʻishlangan "BYD Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasining g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unga ko’ra, 3 km masofaga kechgan poyda mutlaq yo’nalishda shohsupaga ko’tarilgan ishtirokchilar nomi quyidagicha ko’rinish oldi:

Erkaklar:
1. Eldor Botirov - 9:38
2. Oybek Mamatkomilov - 9:47
3. Jahongir Rahmatullayev - 9:56

Ayollar:
1. Aziza Mirzakbarova - 11:27
2. Darya Andropova - 11:50
3. Faridaxon To’lqinboyeva - 11:56

Text to speech