29 Iyun 2024 880

Dzyudochimiz Shukurjon Aminova ham Parij-2024 ishtirokchilari qatoriga qoʻshildi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi sportchilar taqsimotini qayta shakllantirdi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shukurjon Aminova -57 kg vazn toifasida litsenziatlar qatoridan joy oldi.

Shu tariqa, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida oʻz tarixida ilk bor 12 nafar sportchi bilan 13 dasturda (7 nafar erkak, 5 nafar ayol va 1 aralash jamoaviy) medallar uchun kurash olib boradigan boʻldi.

Text to speech