Laylo Sobirova Osiyo chempionatida yana bir bor sovrindor bo’ldi
Amman shahri (Iordaniya) mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha U23 Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ortda qoldi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Laylo Sobirova (-59 kg) kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Ushbu vazn toifasidagi bahslar aylana tizimida oʻtdi. 1-bellashuvda Sobirova qirgʻizistonlik Sezim Jumanazarovani 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, 2-bahsda hindistonlik Pushpa Yadavga 2:8 hisobida imkoniyatni boy berdi. Soʻnggi qarama qarshilikda qozogʻistonlik Guldana Bekesh bilan 5:5 hisobi qayd etildi. Oxirgi ballni Bekesh qoʻlga kiritgani bois gʻalaba qozogʻistonlik sportchiga nasib etdi.
Yakunda hindistonlik Pushpa Yadav oltin, Laylo Sobirova kumush va qozogʻistonlik Guldana Bekesh bronza medaliga sazovor boʻldi.