Toshkentda “BYD Silk Road to Paris” turniri start oldi
Toshkentda yengil atletika boʻyicha “BYD Silk Road to Paris” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining bronza darajasiga kiruvchi mazkur turnirda 17 mamlakatdan 165 nafar atlet gʻoliblik uchun bahs olib boryapti. Birinchi kungi bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqdi. Batafsil:
Oltin medal:
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Jonbibi Hukmova (800 metr)
Amir Nagayev (balandlikka sakrash)
Kumush medal:
Ivan Denisov (uch hatlab sakrash)
Ibrohim Mahkamov (uch hatlab sakrash)
Saboxat Samijonova (800 metr)
Vadim Chikalov (balandlikka sakrash)
Bronza medal:
Mohigul Arziyeva (yadro uloqtirish)
Irina Levina (800 metr)
Laylo Allaberganova (200 metr)
Suhrob Xodjayev (bosqon uloqtirish)
Dmitriy Melsitov (balandlikka sakrash)