FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Iyun 2024 2616

Bu yilgi Olimpiya kuni "Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bilan nishonlandi

Bugun butun Respublikamiz boʻylab Xalqaro Olimpiya kuni, Bolalarni himoya qilish kuni va Yoshlar kuniga bagʻishlangan “BYD Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi. 16 shaharda bir vaqtda oʻtkazilgan ushbu musobaqaning poytaxtimizdagi tadbiri “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida tashkil etildi.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi, mamlakat triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov soʻz olib, mamlakatimizda ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish anʼana tusiga kirib borayotgani, bu orqali minglab yoshlar bir maqsad ostida birlashayotgani xususida toʻxtalib oʻtishdi. Shuningdek, XOQning 130 yilligi nishonlanayotgan bu yilgi Olimpiya kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan oʻtkazilayotgani bayramona shukuhni yanada oshirganini qoʻshimcha qilishdi. Tadbir davomida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Tomas Baxning Olimpiya kuni munosabati bilan yoʻllagan murojaati namoyish etildi.

Shundan soʻng ishtirokchilar 3 km masofada kechgan poygada bellashishdi. Koʻtarinki va bayramona ruhda oʻtgan poyganing gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi kunning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasida oʻtkaziladi.

<iframe width="100%" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/zNlPKPaKbZs" title="Bu yilgi Olimpiya kuni "Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bilan nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech