28 Iyun 2024 724

Parij-2024 litsenziatlari: Samarqand polvoni Sardor Nurillayev

Afsuski, Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari dzyudochimiz Sardor Nurillayev uchun koʻngildagidek yakunlanmagan edi. Hamyurtimiz bu galgi Olimpiadaga oʻzgacha ishtiyoq va shijoat bilan hozirlik koʻryapti. Bugun mazkur sportchimiz erishgan yutuqlarni yana bir yodga olib oʻtamiz.

Nurillayev Sardor Ilhom oʻgʻli 1994-yil 12-noyabr kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. 2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik davrida unga Kemran Nurillayev murabbiylik qilmoqda. Hamyurtimiz Gran-pri turnirlarida 1 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza, Osiyo chempionatlarida 1 tadan oltin va bronza, “Katta dubulgʻa” tasnifidagi musobaqalarda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan. Shuningdek, uning kolleksiyasida 2021-yilgi jahon chempionatida aralash jamoaviy dasturda qoʻlga kiritilgan bronza, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining kumush medali ham mavjud. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Nurillayev Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga koʻra -66 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech