27 Iyun 2024 421

Yuksak natija ko‘rsatgan sportchilar Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident tomonidan eʼtirof etildi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda alohida faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotini yuksaltirish, jonajon Vatanimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh vatandoshlarimiz 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor boʻlishdi.

Ular orasida kurash boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni Hilola Ortiqboyeva “Kelajak bunyodkori” medali, baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempioni Artur Guliyev, oʻq otish sporti boʻyicha Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari bronza medali sohibi Vladimir Svechnikov hamda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha koʻp karra Jahon kubogi gʻolibi Musa Aymuratov “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi yuksak davlat mukofotiga sazovor boʻlgan yosh sportchilarimizni muborakbod etib, ularning kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Shu bilan birgalikda, Muhtaram Prezidentimizga Olimpiya oilasi nomidan koʻrsatilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

Text to speech