18 Iyun 2021 1584

Ular Tokioga borishadi: Zamonaviy beshkurashchimiz Aleksandr Savkin

Muxlislarimiz uchun Tokio-2020 litsenziatlari haqidagi materiallarimizni taqdim qilishda davom etamiz. Bugun zamonaviy beshkurash bo‘yicha terma jamoamiz aʼzosi Aleksandr Savkin bilan yaqindan tanishamiz.

Aleksandr Vladimirovich Savkin 1988-yil 24-mart kuni Moskva shahrida tug‘ilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Zamonaviy beshkurash bilan 13 yoshidan beri shug‘ullanadi. Murabbiyi Yevdokiya Grechishnikova.

2012-yil mikst estafeta yo‘nalishida jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘lgan. 2012 va 2016-yillar Yevropa chempioniga aylangan.

2017-yil miks-estafeta yo‘nalishida Jahon kubogida uchinchi o‘rinni, shuningdek, yana bir qator nufuzli musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2019-yildan O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

2019-yil Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo-Okeaniya litsenzion turniridagi ishtiroki orqali Alise Faxrutdinova bilan Tokio-2020 yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.

Text to speech