26 Iyun 2024 634

Parij-2024 litsenziatlari: Mashgʻulotlarini AQSHda oʻtkazadigan suzuvchimiz Ilya Sibirsev

4 yillikning eng nufuzli musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilish baxtiga sazovor boʻlgan atletlarimizni tanishtirishda davom etamiz. Mahoratli suzuvchimiz Ilya Sibirsev litsenzion sikl yakunlanib borayotgan pallada oʻz oldiga qoʻygan dastlabki maqsadni bajara oldi.

Sibirsev Ilya Pavlovich 2001-yil 28-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Altay oʻlkasida tavallud topgan. 2021-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Sherzod Inogʻomov. Hamyurtimiz AQSHning Kentukki shtatidagi “Louisville” universitetining sport klubida doimiy mashgʻulotlarni olib boradi. Erkin usulda suzish yoʻnalishiga ixtisoslashgan atletimiz Okean ortida oʻtgan turli xalqaro musobaqalarda shohsupadan joy olgan. 200, 400 va 800 metr masofalarga suzish dasturida Oʻzbekiston rekordlari sohibi hisoblanadi.

Sibirsev 21-iyun kuni Kanadada oʻtgan xalqaro musobaqada 800 metrga erkin usulda suzish dasturida Olimpiada normativini bajarish orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirokchisiga aylandi. Shuningdek, unda mazkur natijasi evaziga yana bir ixtiyoriy Olimpiya masofasida ham qatnashish imkoniyati mavjud.

Text to speech