26 Iyun 2024 633

MOQ matbuot xizmati rahbari Prezident farmoniga ko‘ra "Sog‘lom turmush" medali bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi Zafar Imomxoʻjayev "Sogʻlom turmush" medali bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining ahil jamoasi Zafar Axbarovichni mazkur mukofotga loyiq koʻrilgani bilan samimiy qutlaydi va uning kelgusi faoliyatida ham yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Text to speech