FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Iyun 2024 3104

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham Olimpiada yo‘llanmalari bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi!

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Parij-2024 Olimpiadasi uchun saralash sikli yakunlanligini e’lon qilib, butun dunyodan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan sportchilar nomini ma’lum qildi. Ular orasida Oʻzbekiston terma jamoasi ham o’z tarixida ilk bor 12 ta (7 ta erkaklar, 4 ta ayollar va 1 aralash jamoaviy) yoʻllanmaga sazovor boʻldi va oʻzining eng yaxshi natijasini yangiladi.

Kutilganidek, yigitlarimiz barcha vazn toifalarida Olimpiada reytingidagi o‘rinlarini saqlab qolishdi va Parij tatamilarida to‘liq tarkibda medallar uchun kurash olib boradigan bo’lishdi. Qizlarimiz esa birinchi bor 4 ta litsenziyaga ega chiqishdi. Bu natija atletlarimizga aralash jamoaviy dasturda ham ishtirok etish imkoniyatini taqdim qiladi. Demak, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan dzyudochilarimiz bilan tanishing:

Erkaklar:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Text to speech