24 Iyun 2024 763

Yengil atletikachilarimiz Almatidagi xalqaro turnirni 19 ta medal bilan yakunlashdi

Qozogʻistonning Almati shahrida yengil atletika boʻyicha “Qosanov Memorial” xalqaro xotira turniri boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 5 ta oltin, 10 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Hamyurtlarimiz orasida Elina Silyamiyeva, Ivan Denisov, Nargiza Qoʻchqorova, Sharifa Davronova va Jonbibi Hukmova oʻz dasturlarida tengsiz ekanliklarini namoyish etishdi. Batafsil:

 Oltin medal:
Elina Silyamiyeva (bosqon uloqtirish)
Ivan Denisov (uch hatlab sakrash)
Nargiza Qoʻchqorova (nayza uloqtirish)
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Jonbibi Hukmova (800 metr)

 Kumush medal:
Zarina Nosirjonova (bosqon uloqtirish)
Dilshoda Usmonova (3 000 metr, stipl-chez)
Amir Nagayev (balandlikka sakrash)
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Nurxon Ochilova (400 metr, toʻsiqlar osha)
4x100 metr estafeta (erkaklar)
Lidiya Podsepkina (100 metr, toʻsiqlar osha)
Ergash Normurodov (110 metr, toʻsiqlar osha)
Ulugʻbek Egamberdiyev (nayza uloqtirish)
Irina Levina (800 metr)

 Bronza medal:
Yulianna Shukina (disk uloqtirish)
Mashhura Soibova (3 000 metr, stipl-chez)
Aleksandra Sharkayeva (balandlikka sakrash)
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)

Text to speech