24 Iyun 2024 899

Parij-2024 litsenziatlari: Olimpiada debyutanti Amirxon Sodiqov

Oʻzbekiston delegatsiyasi kamondan otish sportida XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga kelib dastlabki yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz ham erkaklar, ham ayollar oʻrtasidagi bahslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Dastlabki tarixiy litsenziya sohibi Ziyodaxon Abdusattorova oʻtgan yili yoʻllanma masalasini naqd qilgan boʻlsa, bir necha kun muqaddam Amirxon Sodiqov ham 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylandi.

Sodiqov Amirxon Zarifovich 2003-yilning 18-iyul kuni Samarqand shahrida tavallud topgan. 2021-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Murabbiyi Munira Nurmanova. Shu paytgacha Osiyo kubogi bosqichlarida 1 ta oltin va 7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida Ziyodaxon Abdusattorova bilan mikst dasturida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan. Ayni payda jahon reytingida 32-oʻrinni egallab turibdi.

Sodiqov 14-17-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida oʻtgan jahon litsenzion turnirida oltin medal qoʻlga kiritib, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻlgan. Ahamiyatlisi, ushbu gʻalaba Amirxon va Ziyodaga mikst dasturida ham ishtirok etish imkoniyatini taqdim qilgan.

Text to speech