FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Iyun 2024 3161

Parij-2024 litsenziatlari: Uchinchi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Nikita Rafalovich

Nikita Rafalovich delegatsiyamiz tarkibida uchinchi bor Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlgan kam sonli sportchilardan biri hisoblanadi. Mahoratli taekvondochimiz boʻlajak bahslarda oʻz orzusi sari bor imkoniyatlarini ishga solishi, shubhasiz.

Rafalovich Nikita Igorevich 1993-yil 10-oktyabr kuni tavallud topgan. 2010-yildan taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Maksim Rafalovich. Sportchimiz faoliyati davomida Osiyo oʻyinlarining 1 tadan oltin va kumush, jahon chempionatlarining 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga egalik qilgan. Shuningdek, uning hisobida Gran-pri turnirlarining 2 ta kumush va 3 ta bronza, Osiyo chempionatlarining 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari ham mavjud.

Rafalovich Butunjahon taekvondo WT federatsiyasining iyun oyi uchun yoʻllanmalarni qayta taqsimlash dasturiga koʻra, +80 kg vazn toifasida Parij-2024 litsenziyasini qoʻlga kiritdi.

<iframe width="100%" height="425" src="https://www.youtube.com/embed/gyO4JDenn6s" title="Parij-2024 litsenziatlari: Uchinchi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan Nikita Rafalovich" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech