FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Iyun 2024 2487

Parij-2024 arenalari: Trek bahslarini qabul qiladigan “Sen-Kanten-an-Ivelin”

“Sen-Kanten-an-Ivelin” velosport olamidagi eng mashhur inshootlardan hisoblanadi. Bu yerda har yili turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkazib kelinadi. Bugun mazkur obyektning tarixi va uning imkoniyatlari haqida soʻz boradi.

“Sen-Kanten-an-Ivelin” velodromi bundan roppa-rosa 10-yil avval barpo etilgan. Boʻlajak Oʻyinlarda trek yoʻnalishidagi poygalarga mezbonlik qiladi. Uning hududida Fransiya velosiped sporti federatsiyasining shtab-kvartirasi ham mavjud. Velodrom koʻplab sport turlariga moslashuvchan qilib barpo etilgan. Arenaning markaziy qismida boshqa sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish imkoniyati mavjud. Shuningdek, atletlarning reabilitatsiya jarayoni uchun ham sharoitlar yaratilgan. Inshoot shu paytgacha 2015-yil velotrek boʻyicha jahon, 2016-yil Yevropa chempionatiga mezbonlik qilgan.

Mazkur majmua 5 000 nafar muxlis uchun moʻljallangan. Olimpiya shaharchasi va “Sen-Kanten-an-Ivelin” arenasi orasidagi masofa 36 kmni tashkil etadi.

<iframe width="100%" height="715" src="https://www.youtube.com/embed/y1dgpip-Nwk" title="Trek bahslarini qabul qiladigan “Sen Kanten an Ivelin”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech