FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Iyun 2024 2192

Kamonchilarimiz uchun Parij-2024 Olimpiadasi oldidan fotosessiya tashkil etildi

Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga 3 ta yoʻllanma qoʻlga kiritishi barcha muxlislarimizni quvontirgani, shubhasiz. Bundan ruhlangan Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasining rasmiy homiysi “Asialuxe Travel” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi va mamlakat kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikda sportchilarimiz uchun fotosessiya tashkil qildi.

Merganlarimiz yildan yilga xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni koʻrsatib kelishmoqda. Xususan, Osiyo kubogi bosqichlari va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda muntazam ravishda shohsupaga koʻtarilishyapti. Ziyodaxon Abdusattorova 2023-yilning noyabr oyida Tailandda oʻtgan qitʼaviy litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mazkur sport turida Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan birinchi oʻzbekistonlik sportchi sifatida tarixda qoldi. Amirxon Sodiqov esa kuni kecha Turkiyadagi jahon litsenzion turnirida Parij-2024 yoʻllanmalariga sazovor boʻldi. Oʻz oʻrnida, Amirxon Sodiqovning Antalyada oʻtgan musobaqada barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylanganini alohida taʼkidlash oʻrinli.

Ushbu muvaffaqiyatlarda murabbiylar shtabining ham mehnatini alohida eslab oʻtish joiz. Malakali ustozlar merganlarimizning mahoratlarini yanada toblashmoqda. Bunda mahalliy va xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, xalqaro turnirlardagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega. “Asialuxe Travel” kompaniyasi jamoamizning mana shu jarayonda belgilangan manzilga yetib olishlarida katta yordam koʻrsatmoqda. Merganlarimizdan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham yuksak natijalar kutib qolamiz va bu borada barcha sportchilarimizga omad tilaymiz.

Text to speech