19 Iyun 2024 933

Parij-2024 arenalari: Fransiya qirollarining ramzi boʻlgan Versal saroyi

Doʻstlar, bugun Sizlar bilan tanishadigan obyektimiz nafaqat Parij, balki mamlakatning tashrif qogʻoziga aylanib ulgurgan maskanlardan biri, Fransiya qirollariga xos hashamat va viqorni oʻzida aks ettirgan, UNESCO Butunjahon merosi sifatida tan olingan Versal saroyi boʻladi.

Ha, boʻlajak Oʻyinlarning tashkiliy qoʻmitasi musobaqalarni oʻtkazishda Versal saroyidan ham foydalangan. Aniqrogʻi, uning maydonidan. Saroy tarixi haqida qisqacha toʻxtaladigan boʻlsak, uning qurilishi XVII asrga borib taqaladi. Qirol Lyudovik XIV davridan fransuz monarxiyasining markazi va rezidensiya vazifasini bajarib kelgan. 1883-yil muzey sifatida ochilgan. 1979-yil Fransiyadan UNESCO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan birinchi obyektga aylandi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari mobaynida ot sportining konkur va ot yoʻrttirish, qolaversa, zamonaviy beshkurashning toʻrt yoʻnalishidagi bahslar Versal saroyining maydonida oʻtadi. Oʻyinlar mobaynida 40 000 tomoshabin bahslarni kuzatib bora oladi. Olimpiya shaharchasidan 35 km uzoqlikda joylashgan.

Text to speech