17 Iyun 2021
2107
"Ular Tokioda mamlakat sharafini himoya qiladilar": Boks bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi vakili Rayxon Qodirova
"Ular Tokioda mamlakatning sharafini himoya qiladilar" MOQ matbuot xizmati loyihasi allaqachon sport muxlislari orasida mashhur bo'ldi. Bugun boks bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi vakili Rayhon Qodirova haqida qiziqarli ma'lumotlar keltiramiz.
Qodirova Rayxon Yusupovna 1993-yil 10-noyabrda Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan. Murabbiylar-Kamoliddin Mutalov va Dilmurod Hasanov.
2015-yildan boks bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi vakili. Ko'plab xalqaro musobaqalar g'olibi va sovrindori. Osiyo va jahon chempionatlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. To'rt karra O'zbekiston chempioni o'z vazn toifasida.
МOQ maxsus komissiyasi tomonidan e'lon qilingan reytingga ko'ra, Tokio Olimpiadasiga litsenziya oldi.