18 Iyun 2024 726

Parij-2024 arenalari: Fransiya Prezidenti ochib bergan “Paris Aquatic Centre”

4 yillikning eng nufuzli musobaqasini qabul qiladigan obyektlar haqida maʼlumot berishda davom etamiz. Bugun Sizlar bilan tanishadigan inshootning qurilishiga tamal toshi qoʻyilishida va ochilish marosimida Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron shaxsan qatnashgan.

Majmua qurilishi 2017-yil 19-dekabr kuni boshlangan boʻlib, 2024-yilning 4-aprel sanasida rasman foydalanishga topshirildi. Arena qurilishida biologik toza mahsulotlardan foydalanilgan. Tom qismida oʻz ehtiyojlarini qoplay oladigan quyosh panellari oʻrnatilgan. Olimpiya oʻyinlaridan soʻng Sen-Deni okrugi aholisi uchun xizmat qiladi. Musobaqalar davomida 5 000 nafar muxlis bellashuvlarni kuzatish imkoniyatiga ega.

Ushbu arena Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari mobaynida suv polosi (saralash), suvga sakrash va sinxron suzish bahslariga mezbonlik qiladi. Olimpiya shaharchasidan atigi 2 km uzoqlikda joylashgan.

Text to speech